» » Habib Nurmagomedovni kim birinchi bo‘lib mag‘lub etadi? UFC sobiq chempioni javob berdi

Habib Nurmagomedovni kim birinchi bo‘lib mag‘lub etadi? UFC sobiq chempioni javob berdi


O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Maykl Bisping yengil vazn divizioni vaqtinchalik chempioni Jastin Getjining amaldagi chempion Habib Nurmagomedovga qarshi jangdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Agar Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi jangni o‘z foydasiga hal qila olganida boshqa gap edi. Unda Habibni yengish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud edi. Biroq taqdir uning yo‘liga g‘ov bo‘ldi.

Jastin ham Habibga qarshi jangda yaxshi imkoniyatga ega. Xabaringiz bo‘lmasa shuni aytishim mumkin, Jastin — ajoyib kurashchi, u shtat chempionligini qo‘lga kiritgan. U raqibining teykdaunlarini to‘xtatadi, jangda yuqori ritm bilan harakat qiladi, loukiklarni qo‘l orqali berilgan og‘ir zarbalar bilan qorishtiradi va buning evaziga raqibini nokautga uchratishga harakat qiladi.

U Habibning teykdaunlarini to‘xtata oladi. El Yakvintani yodga oling, u Habibning ko‘plab teykdaunlariga chap berib qolgandi. ‘Stoyka’da esa Jastin samaraliroq. Natija qanday bo‘lishini bilmayman, biroq jang ko‘p narsani va’da qilmoqda. Biz Habibning ilk mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu fikrlar Nurmagomedovning mag‘lubiyatidan xursand bo‘lishimni anglatmaydi, chunki Habibni yoqtiraman va unga muxlislik qilaman. Menga uning o‘zini tutish uslubi yoqadi. Shunchaki, jang ajoyib bo‘lishiga ishonaman”, — deydi Bisping.

Jastin Getji UFC 249 musobaqasida yengil vazn vaqtinchalik chempionligi uchun Toni Fergyusonga qarshi jang qildi va beshinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. Endilikda Getji yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang olib boradi. Mazkur to‘qnashuv 2020-yilnig sentabr yoki oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют