» » O‘zbekistonda yana 20 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 3281 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 20 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 3281 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 kishiga 3281 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 15 nafari karantin markazidan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus infeksiyasiga chalingan 2627 fuqaro butunlay sog‘aygan. Ayni vaqtda 644 bemor davolanmoqda. Avvalroq davolanishda bo‘lganlarning 2 nafarining ahvoli og‘irligi, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘irekanligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют