» » Jizzaxda fuqaroning nomiga imtiyozli kredit ajratib, mag’laglarni o‘zlashtirgan sobiq mansabdorlar aniqlandi

Jizzaxda fuqaroning nomiga imtiyozli kredit ajratib, mag’laglarni o‘zlashtirgan sobiq mansabdorlar aniqlandi


Jizzax viloyati Paxtakor tumanida fuqaroning nomiga imtiyozli kredit ajratib,  pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan bankning sobiq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Paxtakor filiali sobiq mansabdor shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgani aniqlandi.

Ular 2018-yilning iyun—dekabr oylarida fuqaro A.X. nomiga parrandachilik faoliyatini tashkil etish va milliy shirinliklar uskunasi sotib olish uchun jami 197 million so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishgan. Biroq bank xodimlari ushbu kredit mablag‘larini unga bermasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan ATB “Agrobank” Paxtakor filiali sobiq mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Sariosiyoda bank xodimlari o‘qituvchilarning 1,2 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют