» » “Milan” Zlatan Ibragimovichning jarohati borasida ma’lumot berdi

“Milan” Zlatan Ibragimovichning jarohati borasida ma’lumot berdi


“Milan” rasmiy sayti jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohati bilan bog‘liq holat bo‘yicha bayonot berdi.

Avvalroq 38 yoshli futbolchi eski jarohatini qaytalab olgani va buning natijasida uzoq muddatga safdan chiqqani xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchining tovon paylarida muammo borligi aytilgan.

“Ibragimovich 25-may kungi mashg‘ulot paytida boldir mushaklarini shikastlab oldi. Tovon paylariga umuman shikast yetmagan. Futbolchi o‘n kundan so‘ng rentgen qilinadi”, — deyiladi milanliklar bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Italiya chempionati to‘xtatilgach, Ibragimovich Shvetsiyaga yo‘l olgan va o‘sha yerdagi mahalliy jamoa safida mashg‘ulot olib borgan. 11-may kuni Zlatan Milanga qaytgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют