» » Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda

Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda


Aksariyat hudud va korxona rahbarlari, fuqarolar karantin choralarining yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda. Bu masalaga Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni bo‘lib videoselektor yig‘ilishida to‘xtalib o‘tdi.

“Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko‘cha-ko‘yda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam bo‘lib, uylarda turli tadbirlar o‘tkazish holatlari ko‘paymoqda”, — dedi Prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, “bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab xarajatlarimiz natijadorligini yo‘qqa chiqarishi mumkin”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini ta’kidlagan, shunga muvofiq hududlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilgan edi.

“Qizil” toifadagi hududlarda cheklovlarnin aksariyati o‘z kuchini saqlab qolgan bo‘lsa, “sariq” va “yashil” hududlarda sharoit nisbatan yengillashtirilgan edi. Xususan, “yashil” hududlarda shaxsiy avtotransportda harakatlanish bo‘yicha cheklov to‘liq bekor qilingan edi.

Mavzuga doir: “Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”. Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarining bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida

13-maydagi videoselektorda esa Prezident avia va temiryo‘l qatnovlarini asta-sekin tiklash haqida ko‘rsatma bergan edi. Ayni vaqtda davlat rahbari karantin hali tugamagani, “maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bermagani”ni ta’kidlab o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 3281 ta holatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangan, bemorlarning 2627 nafari sog‘aygan, 13 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

So‘nggi kunlarda aholi orasida kasallanish holatlari soni ko‘paygani bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini hushyorlikni oshirish, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют