» » Buxoro viloyatida 7509 ta xonadonga 750 900 ta jo‘ja yetkazib berildi

Buxoro viloyatida 7509 ta xonadonga 750 900 ta jo‘ja yetkazib berildi


Buxoro viloyati hokimligida 17-aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Hokimlik soatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10—11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 16-martdagi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoni ijrosining holati, 2017-yil birinchi chorakda mahalliy byudjet daromadlari rejasining ijrosi hamda ikkinchi chorak prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish va hududlarda subvensiya ulushini kamaytirish yuzasida amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risidagi masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tez kunlarda yakunlash hamda aholi xonadonlariga tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishining ahvoli muhokama qilindi.

Joriy yilning 15-aprel holatiga ko‘ra 265 ming 196 ta aholi xonadonining jami 42,1 ming gektar yoki 92,9 foiz tomorqa maydonlariga oziq-ovqat ekinlari ekilgan. 4175 ta aholi xonadonlarida 68,5 gektar issiqxona tashkil etildi.

Viloyat bo‘yicha 68 480 tup limon, 22 447 tup yong‘oq, 21 988 tup unabi hamda 22 179 tup mevali, tok va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.

“Parrandachilik bilan shug‘ullanish istagi mavjud 7509 ta xonadon egalariga 750,9 ming bosh jo‘ja etkazib berilib, reja ko‘rsatkichi 20,5 foizga bajarildi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Mavzuga doir: Shofirkonda banklar aholiga 200 tup limon ko‘chati yetkazib berdi. Reja bo‘yicha 8460 tup ko‘chat yetkazilishi kerak edi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют