» » O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 14 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 14 kishiga yetdi


Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi 3 yildan buyon I-guruh nogironi, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan, 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan 63 yoshli bemor shu yilning 19-may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda yotqizilgan, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tahlillar natijasida bemorda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Shu yilning 25-may kuni bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan.

“Turli yo‘nalishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha

Ma’lumot uchun, 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 3281 ta holat aniqlangan. 26-may soat 19:50 holatiga ko‘ra bemorlarning 2636 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют