» » Italiyada 12 yoshli bola ortidan qadam-baqadam ta’qib qilgan ayiqdan o‘zini qutqardi

Italiyada 12 yoshli bola ortidan qadam-baqadam ta’qib qilgan ayiqdan o‘zini qutqardi


Italiya shimolidagi Sporminor kommunasida 12 yoshli bola ortidan qadam-baqadam ta’qib qilgan yovvoyi ayiqdan o‘zini qutqardi, deb yozadi La Stampa.

Yuz bergan holatni bolaning amakisi videoga oldi va unga nima qilishni o‘rgatdi.

12 yoshli Alessandro qarindoshlari bilan Alp tog‘larida dam olayotgan edi. Kattalar piknik uchun joy tayyorlayotgan paytda o‘smir yon-atrofni tomosha qilish va noodatiy toshlarni topish uchun yo‘l oldi. Shu paytda daraxtlar orqasidan yovvoyi ayiq chiqib qoldi.

A voi il mio incontro con @‘orso di sta mattina sopra la malga Sporminore... pic.twitter.com/VN6QmAV9oV

— Loris Calliari (@loriscalliari) May 24, 2020

Alessandro ushbu safarga qadar yovvoyi hayvonlar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini o‘rgangan edi. U hayvonlarning ko‘ziga qaramaslik va keskin harakatlar qilmaslik kerakligini yaxshi bilardi. Bola xotirjam tarzda qarindoshlari tomonga yura boshladi. Oqibatda ayiq uni ta’qib qilishdan voz kechib, qochib ketdi.

Mavzuga doir: Xaltali bo‘ri ishtirokidagi so‘nggi video e’lon qilindi. Bu jonivor 84 yil avval qirilib ketgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют