» » To‘rtko‘l tumani hokimi o‘zgardi

To‘rtko‘l tumani hokimi o‘zgardi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi bilan Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U 26-may kuni xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida tumanning yangi hokimi sifatida tanishtirilgan.

Rustam Shamuratov shu vaqtgacha Ellikqal’a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Rustam Shamuratov turli yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiy rivojlantirish masalalari kotibiyati boshlig‘i, To‘rtko‘l tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Ellikqal’a tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

To‘rtko‘l tumanining sobiq hokimi Yangaboy Bobojonov 2018-yilning kuzida Ne’matulla Xudoyberganov o‘rniga tuman hokimi etib tayinlangandi. Undan avvalgi hokim Ne’matulla Xudoyberganov esa 2017-yil dekabr oyida tumanga rahbar bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют