» » Turkiya Oliy saylov kengashi referendum yakunlariga qarshi apellyatsiyani qabul qilmadi

Turkiya Oliy saylov kengashi referendum yakunlariga qarshi apellyatsiyani qabul qilmadi


Turkiya Oliy saylov kengashi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar yuzasidan o‘tkazilgan referendum yakunlariga qarshi muxolifat tomonidan kiritilgan apellyatsiyani qabul qilmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tarafdorlarining g‘alabasi bilan yakunlangan referendum natijalarini bekor qilish talabi bilan Xalq respublikachi partiyasi chiqqan edi. Apellyatsiyani yoqlab Oliy saylov kengashining bir a’zosi ovoz berdi, o‘n kishi esa qarshi chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 16-apreldagi referendum yakunlariga ko‘ra Turkiyada prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tish boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni yoqlab 51,4 foiz saylovchi ovoz bergan.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют