» » Video: Timsoh fil bolasining xartumidan tishlab oldi

Video: Timsoh fil bolasining xartumidan tishlab oldi


Buyuk britaniyalik Aleksandr Makanga tasodifan fil bolasiga timsoh hujum qilganiga guvoh bo‘ldi. Sayyoh suv havzasiga qarab borayotgan fillar to‘dasini tasvirga olayotgan vaqtda timsoh fil bolasiga hujum qildi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Hodisa Malavi janubidagi Livonde milliy bog‘ida yuz bergan. Timsoh filchaning xartumidan tishlab olgan, katta fillar orqaga tisarilib, hayqira boshlagan. Fillardan biri filchaga xartumini timsoh og‘zidan chiqarib olishga yordam bergan va yirtqichni quvib yuborgan.

Umumiy hududda yashovchi timsohlar va fillar tez-tez to‘qnashadi. Yirtqich filga to‘satdan tashlanmasa, fil odatda hujumdan qutulib qoladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют