» » Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi


26-may kunidan boshlab Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishi mumkin. Poyezdga chiqishdan oldin yo‘lovchilardan yo‘l varag‘ini to‘ldirish va vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishi talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosi orqali bilib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi qayta tiklanishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют