» » Dunyoning eng qimmatbaho mehmonxonalari e’lon qilindi (fotogalereya)

Dunyoning eng qimmatbaho mehmonxonalari e’lon qilindi (fotogalereya)


Fransiyaning Kann shahrida joylashgan Grand Hyatt Martinez mehmonxonasini dunyoning eng qimmatbaho mehmonxonasi deb atash mumkin. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi tadqiqotlarida ma’lum qilindi.

Ushbu mehmonxonadagi prezident lyuks xonasini sutkasiga 45 ming dollarga band qilish mumkin. Uning maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu Yevropadagi eng katta pentxauslardan biridir.

Gretsiyaning Attike Lagonissi xususiy orolida joylashgan Grand Resort Lagonissi mehmonxonasi reytingning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. Bu yerdagi qirollik villasi uchun bir kunga 35 ming dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Mehmonxonadagi har bir turar-joy o‘z plyaji, basseyni, shaxsiy bosh xizmatkori, bosh oshpazi va hatto pianinochisiga ega.

Reyting uchligidan Nyu-Yorkning Four Seasons mehmonxonasi ham joy oldi. Bu yerdagi pentxausni sutkasiga 34 ming dollarga ijaraga olish mumkin. Bu mablag‘ evaziga mehmonxona 52-qavatidagi 400 metrlik apartament sayyoh ixtiyoriga beriladi.

4-o‘rin. Atlantis Paradise Island Resort (Paradayz orollari, Bagama orollari)

Qirollik xonasi — 25 ming dollar.

5-o‘rin. Laucala Island Resort (Vanua-Levu orollari, Fiji)

Villa — 25 ming dollar.

6-o‘rin. The Connaught (London, Angliya)

Apartamentlar — 23,5 ming dollar

7-o‘rin. Burj al-Arab (Dubay, BAA)

Qirollik xonasi — 18 ming dollar.

8-o‘rin. Raj Palace (Jaypur, Hindiston)

Lyuks apartamentlari — 17,5 ming dollar.

9-o‘rin. Le Richemond (Jeneva, Shveysariya)

Qirollik xonasi — 17,5 ming dollar.

10-o‘rin. Park Hyatt-Vend?me (Parij, Fransiya)

Imperator xonasi — 15 ming dollar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют