» » Tramp Twitter’ni saylov jarayonlariga aralashganlikda aybladi

Tramp Twitter’ni saylov jarayonlariga aralashganlikda aybladi


Twitter ilk bor Trampning xabarini o‘quvchilarga uning ishonchli emasligini, qayta tekshirish talab etilishini bildiruvchi maxsus belgi bilan ajratdi. Prezident bu holatni tanqid qildi va ijtimoiy tarmoqni prezidentlik saylovlariga aralashganlikda aybladi.

Tramp tvitida koronavirus pandemiyasi tufayli Kaliforniya rasmiylari tomonidan joriy etilayotgan pochta orqali saylovda ovoz berish imkoniyatiga munosabat bildirgan bo‘lib, uning fikricha, bunday saylov natijalarini osonlikcha soxtalashtirish mumkin. “Pochta qutilari o‘g‘irlanadi, saylov byulletenlari qalbakilashtiriladi va hatto noqonuniy ravishda bosib chiqarilib, qalbaki imzo qo‘yiladi”, — deb yozgan Tramp.

Twitter vakili Trampning tviti “ovoz berish jarayoni haqida aglashilmovchilik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar borligi, saylov byulleteni haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkoni bo‘lishi uchun belgi qo‘yilganini” bildirgan.

Foydalanuvchi prezident tvitini ko‘rganida unga qo‘shimcha ravishda “Pochta orqali saylovlarda ovoz berish byulletenlari haqidagi faktlarga ega bo‘ling” degan yozuv ham ko‘rinadi. Unda prezidentning gaplarini rad etuvchi ayrim tvitlar va maqolalarga havola ochiladi.

Bunga javoban Tramp Twitter so‘z erkinligini “bo‘g‘ayotgani” va u prezident sifatida bunga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

AQShda pochta orqali saylovlar avval ham o‘tkazilgan. The New York Times’ning yozishicha, izlanishlarga ko‘ra saylovlarda firibgarlik juda kam uchraydi.

Kaliforniya AQShning aholi soniga ko‘ra yirik shtatidir. Unda qariyb 40 million kishi istiqomat qiladi.

AQSh prezidentlik saylovi 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Donald Trampga raqib sifatida AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga doir: Jo Bayden niqob taqmayotgan Trampni ahmoq deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют