» » “Monako” pley-offning to‘rtinchi o‘yinida ham 3 ta gol urdi va yarim finalga yo‘l oldi

“Monako” pley-offning to‘rtinchi o‘yinida ham 3 ta gol urdi va yarim finalga yo‘l oldi


Fransiyaning “Monako” klubi Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘llanma oldi.

Chorak finalning birinchi o‘yinida klub Dortmundda “Borussiya”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi. Tomonlarning Monakodagi o‘yinida ham fransiyaliklarning qo‘li baland keldi — 3:1.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra dortmundliklardan 6:3 hisobida ustun kelgan “Monako” Chempionlar ligasining so‘nggi yarim finalchisi bo‘ldi. Bunga qadar klub Angliyaning “Manchester Siti”siga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lib, har ikki o‘yinda ham “shaharliklar” postiga 3 martadan yo‘l topgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
19-aprel, chorshanba

Gollar: Kilian Mbappe-Lottin, 3 (1:0). Radamel Falkao, 17 (2:0). Marko Roys, 48 (2:1). Valer Jermen, 81 (3:1).
Dastlabki o‘yin: 3:2

Опубликовано: admin (20-04-2017, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют