» » Osiyoning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Shomurodov top-20 dan o‘rin oldi

Osiyoning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Shomurodov top-20 dan o‘rin oldi


Germaniyaning Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Tottenhem” klubi va Janubiya Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. 27 yoshli chap qanot vingerining narxi 64 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rindan “Portu”ning yaponiyalik hujumchisi Shoya Nakajima (16 million yevro) o‘rin olgan bo‘lsa, Eron terma jamoasi va “Zenit” klubi forvardi Sardor Azmun (14,5) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Top-10 dan jami besh nafar yaponiyalik, uch nafar koreyalik, bir nafardan fors va xitoylik futbolchi o‘rin oldi.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov ro‘yxatning 18-pog‘onasidan joy olgan. “Rostov” hujumchisi 5,2 million yevroga baholangan.

Eng qimmat osiyolik futbolchi o‘nligi bilan tanishing:

1. Son Hyon Min (“Tottenhem”, Janubiy Koreya) — 64 million yevro

2. Shoya Nakajima (“Portu”, Yaponiya) — 16

3. Sardor Azmun (“Zenit”, Eron) — 14,5

4. Takefusa Kubo (“Malyorka”/“Real”, Yaponiya) — 13,5

5. Li Kan In (“Valensiya”, Janubiy Koreya) — 13,5

6. Takehiro Tomiyasu (“Bolonya”, Yaponiya) — 13,5

7. Hvan Hi Chan (“Zalsburg”, Janubiy Koreya) — 10

8. Takumi Minamino (“Liverpul”, Yaponiya) — 10

9. Daichi Kamada (“Ayntraxt”, Yaponiya) — 8

10. Vu Ley (“Espanyol”, Xitoy) — 8.

Mavzuga doir: Artyom Dzyuba: Eldor Shomurodov yaxshi hujumchi, u bilan kurashimiz hali tugamadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют