» » Toshkentda 10 kunlik chaqalog‘i bilan uydan haydalgan oilaga xonadon kaliti qaytarildi

Toshkentda 10 kunlik chaqalog‘i bilan uydan haydalgan oilaga xonadon kaliti qaytarildi


2017-yilning 18-aprelida Olmazor tumanida aholi murojaatlari asosida sayyor qabul tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bir necha yil avval Toshkent tibbiyot akademiyasi balansidagi Olmazor tumani Shifokorlar-2 ko‘chasida joylashgan uy akademiya xodimlariga yashash uchun berilgan. Bu uyda yashovchilar – Jamshid Allamurodov, Gulbahor Rahmonova, Zilolaxon Ergashevaning aytishicha, ularga mazkur uy “Kamolot” YoIH va kasaba uyushmasining boshlang‘ich tashkilotlari tavsiyasi asosida qonuniy ajratilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi Olmazor tumani hokimligining da’vosi asosida ularga mazkur uyni berish haqidagi hujjatni bekor qilgan.

“Shu yilning 31-mart kuni sud ijrochilari o‘n kunlik bolamiz bilan bizni ko‘chaga haydadi, – dedi Jamshid Allamurodov. – Shundan beri hali u, hali bu tanishlarning uyida yashab yuribmiz”.

Sayyor qabulda Oliy sud mutasaddilari bu masala nazorat tartibida tezda qonuniy ko‘rib chiqilib, adolatli yakuniy qaror qabul qilinishini ma’lum qildi. Sud yakuniy qarorni aytmaguncha bu uyda yashovchilarni, ayniqsa, chaqalog‘i bor oilani uydan quvib chiqarish oddiy insoniylik mezonlariga ham to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi.

J.Allamurodov oilasi va boshqalarning Oliy sud yakuniy, adolatli qarorni qabul qilguncha shu uyda yashab turishi ta’minlandi. Ularga xonadonlari kalitlari qaytarildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют