» » Shavkat Mirziyoyev turizm sohasiga imtiyoz va preferensiyalar berishni taklifni qildi

Shavkat Mirziyoyev turizm sohasiga imtiyoz va preferensiyalar berishni taklifni qildi


Shavkat Mirziyoyev 27-may, chorshanba kuni turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishgan vaqtida turizm sohasiga imtiyoz va preferensiyalar berish kerakligini qayd etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Turizm yo‘nalishida tadbirkorlar ko‘rgan zararni yaqin 1-2 yil ichida to‘liq qoplash qiyin. Shu bois bu sohaga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish lozimligi ta’kidlandi.

Xususan, turistik yig‘imlardan ozod qilish bo‘yicha avval berilgan imtiyoz yil yakuniga qadar uzaytiriladi. Shuningdek, soha korxonalari foyda solig‘ini hisoblashda 2020—2021-yildagi ko‘rgan zararlarini keyingi yillar foydasidan chegirib tashlashga ruxsat beriladi.

Mehmonxonalarga ko‘rsatgan xizmatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bundan tashqari, ularga aylanma mablag‘ uchun kredit foiz to‘lovlarining 10 foizigacha bo‘lgan qismiga subsidiya beriladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют