» » Olmazor tumanidagi sayyor qabulda nafaqasini ololmayotgan ayolga yarim soat ichida pensiya puli berildi

Olmazor tumanidagi sayyor qabulda nafaqasini ololmayotgan ayolga yarim soat ichida pensiya puli berildi


18-aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda qator murojaatlar ustida ish olib borilib, qator muammolarga yechim topildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, Olmazorlik G‘ofur Qahhorovning uyi 2014-yilda buzilgan. Unga hokimlik quruq yer taklif qilgan, biroq G‘.Qahhorov bunga rozi bo‘lmagan. Ochiq muloqotda mutasaddilar bu masalani o‘rganib, fuqaroga ko‘p qavatli uy-joylardan xonadon ajratib berish masalasini ko‘rib chiqadigan bo‘ldi.

Har oyning 5-sanasida pensiyamni olayotgandim, biroq aprel oyi uchun nafaqani bugungacha olmadim. Mazkur sayyor qabuldagi murojaatimdan so‘ng Xalq bankining Olmazor tumani filiali rahbari yarim soatda pensiya pullarimni to‘latib berdi.

Gulsara Xalilova, nafaqaxo‘r

“O‘n yoshli nogiron bolam bor, uni davolatish uchun qo‘limiz sal kaltalik qilib turibdi, – dedi Zilola Saybarova. – Hozirgina O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova va boshqa mutasaddilar men bilan suhbatlashdi. Ular o‘g‘limni davolatish, dori-darmon masalasida yordam beradigan bo‘ldi”.

Sayyor qabulda murojaatlarning sabab-oqibatlari va yechimlari muhokama qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari o‘zlariga tegishli har bir masala yechimi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (20-04-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют