» » Samarqandda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining rag‘batlantirish pulini kechiktirgan xodim ishdan olindi

Samarqandda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining rag‘batlantirish pulini kechiktirgan xodim ishdan olindi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun jalb qilingan tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan 19,6 milliard so‘m miqdoridagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Samarqand viloyatida 61 nafar tibbiyot xodimiga 1,2 milliard so‘m rag‘batlantirish pullarining to‘lanishida kechikish holatlari yuzaga kelgan.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, rag‘batlantirish pullarining to‘lanishida kechikish holatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan xodim o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Xabar berilishicha, 2020-yilning 1-may kuni viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida tizimda ish unumdorligini yanada oshirish hamda xodimlar tomonidan ichki mehnat tartib qoidalariga to‘liq rioya etish masalasiga qaratilgan navbatdagi ijro apparati yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Yig‘ilish bayoniga ko‘ra, inqirozga qarshi tashkil etilgan jamg‘armadan berilayotgan 6 foizlik qo‘shimcha mablag‘ hamda karantinga biriktirilgan xodimlarning ish haqlari, shtatlarning to‘g‘ri taqsimlanishi, shuningdek, ularning hisob-kitobini yuritish ishlari boshqarmaning bosh iqtisodchisi S.Islomov zimmasiga yuklatilgan.

Ma’lum qilinishicha, S.Islomov tibbiyot xodimlariga mablag‘ ajratish uchun moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladigan talabnomani o‘rnatilgan tartibda, o‘z vaqtida taqdim etmaganligi sababli o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning 15—18-may kunlari o‘tkazilgan tadbirlar davomida mamlakat bo‘yicha 32 ta tibbiyot muassasasida 932 nafar xodimga 19,6 milliard so‘m miqdoridagi maxsus rag‘batlantirish pullari to‘lovi kechiktirilganligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют