» » Ochliksiz ham organizmni keraksiz moddalardan tozalasa bo‘ladimi?

Ochliksiz ham organizmni keraksiz moddalardan tozalasa bo‘ladimi?


Vaqti-vaqti bilan organizmni tozalab turish kerak bo‘ladi, buning uchun esa ochlik e’lon qilish shart emas. Quyida salomatlik va tashqi ko‘rinishda ahamiyatli bo‘lgan organizmni tozalash usullariga to‘xtalamiz.

Organizmni zig‘ir urug‘i yordamida tozalang

Zig‘ir urug‘i salomatlik uchun muhim bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan, jigar va teri uchun foydali bo‘lgan zig‘ir urug‘i yordamida organizmdan zaharli moddalarni chiqarib yuborish, hazm faoliyatini yaxshilash va buning natijasida sog‘lom tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Ushbu mahsulotni tonggi nonushtadan yarim soat avval, bir osh qoshiq miqdorda chaynash va ketidan iliq suv ichish tavsiya qilinadi.

Suv yordamida tozalash

Mutaxassislar bejiz tongni 1 yoki 2 stakan iliq suv bilan qarshi olish kerakligini ta’kidlamaydi. Suv organizmdagi keraksiz moddalarni yuvishi, buyrak faoliyatini yaxshilashi va inson o‘zini yengil his qilishida ahamiyatli sanaladi. Kun davomida, ayniqsa bahor-yoz mavsumida suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Klechatkalar yordamida

Kundalik ratsioningizga sabzavot va mevalar kiriting. Organizm kerakli miqdordagi klechatkalarni qabul qilganidan keyingina tabiiy tozalanish ro‘y beradi. Meva-sabzavotlar, rezavorlar, yormalar va don mahsulotlari esa klechatkalar manbayi sanaladi va organizm faoliyati yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi.

Ko‘proq vaqt toza havoda bo‘ling

Ha, yanglish o‘qiganingiz yo‘q, shunchaki toza havodan to‘yib nafas olib ham organizm, xususan, o‘pkani tozalash mumkin. Inson gaz va tutunlar, mashinalar, ishlab chiqaruvchi korxonalardan uzoqda bo‘lgan, yam-yashil daraxt va o‘simliklar bilan o‘ralgan toza havoli joyda sayr qilganda organizm kislorod bilan to‘yinib, o‘pka keraksiz moddalardan xoli bo‘ladi.

Ratsiondan shakar, yog‘li va qovurilgan mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali

Agar siz organizmni turli shlak va keraksiz moddalardan tozalashga qat’iyan qaror qilgan bo‘lsangiz, unda birinchi bo‘lib nima iste’mol qilishingizga, ratsioningizda fastfud va yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan ovqatlar bo‘lmasligiga, ko‘p miqdorda shirinlik yemaslikka e’tibor qarating. Shunda ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmas natijadan ko‘zingiz quvnaydi, o‘zingizni oldingidan sog‘lom his qila boshlaysiz.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют