» » Andijonda o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 7 sutkaga qamaldi

Andijonda o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 7 sutkaga qamaldi


Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi Asror Abrorov (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘g‘li Botir Abrorovga yashirincha shar’iy nikoh o‘qiganligi uchun yetti sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat ma’muriy sudi raisi Otabek Mirzamahmudov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning mart oyida fuqaro Sobir Mirzayev kuyovi Botir Abrorovning qizi Feruza bilan bo‘lgan qonuniy nikohini bekor qilmasdan, boshqa fuqaro bilan sha’riy nikoh asosida turmush qurganini eshitib, Buloqboshi tuman IIBga shikoyat qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Asror Abrorov 2020-yilning 7-mart kuni diniy idoraning maxsus ruxsatnomasisiz o‘zining yashash xonadonida o‘g‘li Botir Abrorov va Nargiza Hayitovaga shar’iy nikoh o‘qib, diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Sud majlisida Asror Abrorov 2002-yilda tug‘ilgan farzandini qonuniy nikoh asosida uylantirganini, ikki nafar nabirasi borligini, ammo kelinining xiyonati sabab o‘g‘lining turmushi buzilganini aytgan. Uning aytishicha, kelini Rossiya Federatsiyasiga ketib qolgach, ikki nabirasi bilan qolgan o‘g‘li tushkunlikka tushib qolgan. Shu sabab fevral oyi oxirida o‘g‘lini jiyani bilan nikohlatish maqsadida bir necha domlalarga murojaat qilgan, lekin hech kim noqonuniy nikoh o‘qimasligini aytib, iltimosiga rozi bo‘lmagan. Shundan keyin o‘zi farzandiga sha’riy nikoh o‘qishga majbur bo‘lganligini aytgan.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan sud Asror Abrorovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish) bilan aybli deb topib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют