» » Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopildi

Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopildi


Toshkent shahar hokimligi 28-may, payshanba kuni yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Sergelidagi yo‘lning bir qismi vaqtinchalik yopilganini ma’lum qildi.

“Bugun kun davomida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Yangi Sergeli ko‘chasining Sergeli tuman hokimligidan Gavhar ko‘chasigacha (O‘zgarish ko‘prigi) bo‘lgan yo‘nalishdagi qismi yopiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumanini Toshkent shahrining markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l — Yangi Sergeli ko‘chasi 27-may kuni soat 7:30 dan boshlab Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishmadagi ko‘prik (Qo‘yliq ko‘prigi)dan boshlab yopilgan, biroq rasmiylar aholini bu haqda oldindan ogohlantirmagandi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Sayohat ko‘chasi ta’mirlash ishlari sababli bir oyga yopildi

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda xabar qoldirayotgan fuqarolar Sergeli tumaniga kirish uchun boshqa yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan. Yo‘lning yopilgan qismi oldida (O‘zgarish dahasida) katta tirbandliklar yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют