» » “O‘zbekiston temiryo‘llari” poyezdlarda yo‘lovchi sig‘imini oshiradi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” poyezdlarda yo‘lovchi sig‘imini oshiradi


Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 25-may kuni o‘tkazilgan transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda aholining temiryo‘l va aviaqatnovlarning mahalliy yo‘nalishda tiklanganiga ijobiy munosabat bildirgani qayd etilgan, “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Uzbekistan Airways’ga ichki reyslar sonini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Karantin cheklovlari tufayli transport korxonalari 340 milliard so‘m miqdorida zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashmasa, ushbu raqam yana oshishi mumkin.

“Ta’tillar boshlanmoqda. Bosqichma-bosqich odatiy hayotga qaytish kerak. Lekin odamlar transport, temiryo‘l va aviatransportsiz o‘z manziliga yetib olishga qiynaladi. Xavfsizlikni ta’minlab arzon reyslar taklif qilinsa, bundan hamma mamnun bo‘ladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” raisi vazifasini bajaruvchi Husniddin Hosilov aprelda temiryo‘l orqali yuk tashish hajmi 30 foizga oshganini ma’lum qilgan.

Yo‘lovchi tashishda esa poyezdlarda passajirlar sig‘imini oshirish vazifasi yuklatildi. Karantin sabab poyezdlarda yo‘lovchilarning joylashuvi vaqtincha o‘zgartirilgandi. “Afrosiyob” poyezdlari 286 o‘rinli bo‘lsa, ular 156 nafar yo‘lovchiga moslashtirilgan.

“Bugun karantin cheklovlari sabab poyezdlarning yo‘lovchi sig‘imi 50 foizga qisqargan. Lekin bu cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib boriladi. Biz ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqamiz”, — degan Husniddin Hosilov.

Uzbekistan Airports raisi vazifasini bajaruvchi Ravshan Ismoilov aviatsiya orqali yuk tashish hajmini 2-5 baravarga oshirish rejalashtirilganini bildirgan.

“Aeroportlarda aviatsion bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish, ya’ni xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish zarur. Aeroportlar ishiga davlat-xususiy sherikchilik asosida ichki boshqaruvni jalb qilish lozim”, — degan u.

Avval Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 25-mayda o‘tkazilgan transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda “O‘zbekiston temiryo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalar optimallashtirilishi, Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi, O‘zbekistondagi 4 ta aeroportni davlat-xususiy sheriklikka, Uzbekistan Airways’ni xorijiy kompaniya boshqaruviga berish rejalashtirilayotganligi yuzasidan xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют