» » O‘zbekistonda 1-sinfga chiqadigan bolalarni maktabga joylashtirish uchun qabul jarayonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1-sinfga chiqadigan bolalarni maktabga joylashtirish uchun qabul jarayonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi


Amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1-iyundan 31-avgustga qadar O‘zbekistondagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan. Biroq karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlashda muammo yuzaga keladi. Shu sababli Xalq ta’limi vazirligi bu masalaga oydinlik kiritdi.

Qayd etilishicha, Prezident huzurida 2020-yil 30-aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, respublikada karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib hamda pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan. Buning natijasida:

Shuningdek, 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so‘ng maktab ma’muriyati orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkinligi bildirildi.

Avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda 2020-yil uchun yakuniy imtihonlarni o‘tkazish bekor qilingani, o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarilishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga attestatsiya qanday tartibda berilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют