» » Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun 15 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda. Bir yil avval uning narxi 12 mlrd so‘m edi

Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun 15 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda. Bir yil avval uning narxi 12 mlrd so‘m edi


Navoiy shahrining nisbatan gavjum va tirband nuqtalaridan biri hisoblangan Amir Temur va G‘alaba ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar uchun yer usti mega-ko‘prigi qurilishi so‘nggi bosqichga kirdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, piyodalar uchun mo‘ljallangan yer usti ko‘prigi qurilayotgan joy yaqinida dehqon va buyum bozori, bir qator tashkilot va idoralar joylashgan; svetoforlar bilan tartiba solingan chorrahadan daqiqasida 400 ga yaqin piyoda o‘tadi.

“Navoiy ko‘priklardan foydalanish” korxonasi vakili Albert Karimovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu piyodalar ko‘prigi YTH xavfini kamaytiradi va tirbandliklarning oldini olishga yordam beradi. Ko‘prikda panduslar va liftlar ham nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgacha rejalashtirilgan ishlarning 80 foizi bajarib bo‘lingan, qurilish ishlarida 100 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. “Ko‘prik Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan”, deyiladi “O‘zbekiston 24” lavhasida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, loyiha qiymati 15 milliard so‘mdan ortiq. Qayd etish joiz, ushbu ko‘prik qurilishi 2019-yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, o‘shanda uning qiymati 12 milliard so‘m deb e’lon qilingan, shuningdek, u 2019-yil sentabrida foydalanishga topshirilishi aytilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida, jumladan, poytaxt Toshkentda ham piyodalar uchun bir qator yer usti ko‘priklari qurilgan, biroq ularning bari harakat svetofor bilan tartibga solinmagan chorrahalar va yo‘llar uzra qad ko‘targan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют