» » “Liverpul” Timo Verner transferidan voz kechdi

“Liverpul” Timo Verner transferidan voz kechdi


“Liverpul” klubi “Leypsig” hujumchisi Timo Vernerni sotib olish fikridan qaytdi, deya xabar qilmoqda Daily Mirror.

Ingliz klubi Vernerni sotib olmaydi, sababi “buqalar” o‘z yetakchisini 50 million funtdan (55 million yevro) kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Avvalroq mersisaydliklar Timoga besh mavsumlik shartnoma va yiliga 10 million yevro maosh taklif qilgandi. Germaniyalik futbolchiga “Bavariya”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan ham qiziqish bor. Vernerning “Leypsig” bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Verner “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, mazkur jamoa safida 2013—2016-yillar mobaynida to‘p surgan va shundan keyin “Leypsig”ga o‘tgan. Futbolchi Bundesliga joriy mavsumida 28 o‘yinda ishtirok etib, 24 gol va 7 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Mavzuga doir: “Klopp, balki uni vanihoyat “Liverpul”ga olib ketarsan?”. “Mayns” Yurgen Kloppga “iltimos” bilan murojaat qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют