» » Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 380 ming kishiga yaqinlashdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 380 ming kishiga yaqinlashdi


Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 371 ta holat qayd etildi. Bir kun avval kasallanganlar soni 8 338 kishiga oshgandi.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 379 051 kishi koronavirusga chalingan.

Kasallanganlarning 8 785 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 150 993 nafarga yetgan.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 174 nafari, umumiy hisobda esa 4 142 nafari virus qurboni bo‘lgan. 27-may kuni 161 kishi, 26-may kuni 174 kishi, 25-may kuni 92 kishi koronavirusdan vafot etgandi.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 9,7 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Virusolog Rossiyada birinchi marta mushukning koronavirusga chalinganiga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют