» » O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi


O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston videokonferensiyada koronavirus pandemiyasi sababli Afg‘oniston aholisiga ko‘rsatiladigan xalqaro yordamni kengaytirish zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020-yil 27-may kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston birinchi uch tomonlama majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya ishtirokchilarining qayd etishicha, COVID-19 pandemiyasi afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligini taqozo etmoqda.

O‘zbekiston TIV tomonidan ma’lum qilinishicha, AQSh va Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga tovarlarni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, koronavirus tarqalishi davrida tranzit yuk tashish ta’minlangani uchun minnatdorlik izhor etgan.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama shakli Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etishga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlash bo‘yicha dolzarb maslahatlashuv mexanizmi ekanligini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar Afg‘oniston inklyuziv hukumatini shakllantirish va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi joriy yil 17-mayda imzolangan siyosiy bitim tuzilishini, Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati tomonidan mahbuslarni ozod qilish amaliyotini davom ettirilishini yuqori baholadi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Surxon—Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi Mozori-Sharif—Kobul, Mozori-Sharif—Hirot temiryo‘llari qurilishi kabi muhim loyihalarni jadal tadbiq etish zarurligi ta’kidlandi.

“Ishni optimallashtirish va uch tomonlama shaklda hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ishchi guruhlarini tashkil etishga kelishib oldilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama uchrashuvining qo‘shma bayonoti qabul qilindi”, — deyiladi TIV bayonotida.

Mavzuga doir:O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston prezidenti va sobiq bosh vaziri o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda 27-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 12 456 kishiga yetgan. Hozirga qadar 277 bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1138 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют