» » O‘zbekistonda 29-may kuni 42 darajagacha issiq bo‘lib, shamol tezligi sekundiga 23 metrgacha kuchayishi mumkin

O‘zbekistonda 29-may kuni 42 darajagacha issiq bo‘lib, shamol tezligi sekundiga 23 metrgacha kuchayishi mumkin


Gidrometeorologiya markazi 29-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ba’zida esa 23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mayning so‘nggi haftasida ob-havo rekord darajada isiydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют