» » Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi


Farg‘onada 2020-yilning may oyida “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ular muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют