» » “Chelsi” va “Arsenal” “Ayaks”ning argentinalik futbolchisi uchun kurashadi

“Chelsi” va “Arsenal” “Ayaks”ning argentinalik futbolchisi uchun kurashadi


“Chelsi” klubi “Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafiko uchun kurashga qo‘shildi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Ta’kidlanishicha, londonliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun 25 million yevro sarflashi mumkin. Avvalroq himoyachiga “Arsenal”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.

Talyafiko 2019/20-yilgi mavsumda “Ayaks” safida 38 o‘yin o‘tkazib, beshta gol va yettita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uni 28 million yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” yanvar oyida “Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyoshni sotib olgandi. Futbolchi londonliklar safida mavsum yakunida kelib qo‘shiladi.

Mavzuga doir: Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatida mavsum oxiriga yetmay tugatildi. Mamlakatda 75 yil ichida ilk bor chempion bo‘lmaydi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют