» » O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining mablag‘lari qayerga sarflanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining mablag‘lari qayerga sarflanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi


Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 27-maygacha bo‘lgan xarajatlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Jamg‘armaning 7,44 trillion so‘m miqdoridagi daromadlar hajmining 7,32 trillioni xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hamda 123,5 milliardi davlat budjeti hisobidan shakllantirilgan. Shu bilan birga, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari jalb qilingunga qadar davlat budjetidan yo‘naltirilgan 475 milliard so‘m mablag‘ davlat budjeti daromadlariga qayta tiklangan.

Jamg‘arma mablag‘larining 3,306 milliard so‘mi ishlatilgan bo‘lib, ularning aksariyati (1,4 trillion so‘m) iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Xususan, subsidiya mablag‘lari sifatida 500 milliard so‘m “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga, “O‘zbekneftgaz” AJga — 401 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, Uzbekistan Airports’ga — 101 milliard so‘m, Uzbekistan Airways’ga — 406 milliard, “Birinchi rezinotexnika zavodi”ga — 40 milliard so‘m miqdorida ssuda mablag‘lari ajratilgan.

E’tiborli jihati, “Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, “Birinchi rezinotexnika zavodi” (BRZ) 2014-yilda “O‘zkimyosanoat” buyurtmasiga binoan Xitoyning Poly Technologies kompaniyasi tomonidan 183,96 million dollar evaziga qurilgan.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan BRZ konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarini, shuningdek, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham shinalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, zavod 2020-yilning 1-oktabriga qadar bir qator imtiyozlarga ega hisoblanadi.

Zavod muassisi “O‘zkimyosanoat” hisoblanadi, direktori esa Toshkent viloyati sobiq hokimi va sobiq bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov. Biroq muassislar tarkibi tez orada o‘zgarishi kerak. 2019-yilning 26-noyabrida Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi “O‘zkimyosanoat” va BRZ bilan zavod bazasida qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha bitim imzolagan. Qo‘shma korxonaning 51 foiz ulushi Rossiya tomoniga, 49 foizi — “O‘zkimyosanoat”ga tegishli bo‘ladi.

Bitim tomonlar bir qator shartlarni kelishib olgach amalga oshishi, BRZ esa “Tatneft” shina biznesi (KAMA TYRES) bilan birlashishi ma’lum qilingandi.

Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga 573 milliard so‘m ajratilgan. Mablag‘larning 270 milliardi test tizimlari, reaktiv va himoya vositalarini sotib olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 11 milliard so‘m maxsus transport vositalarini xarid qilishga sarflangan. Shuningdek, karantinga olingan fuqarolarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga — 3 milliard so‘m, karantin tadbirlariga jalb etilgan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qo‘shimcha va rag‘batlantirish to‘lovlari uchun — 12 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Ajratilgan mablag‘larning katta qismi — 277 milliard so‘m hududiy markazlarga, jumladan, fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena, tovarlar va boshqa xarajatlariga, tadbirga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining ustamalari uchun (250 milliard so‘m), jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga — 18 milliard, epidemik holat bilan kurashish bo‘yicha boshqa tadbirlarga 9 milliard so‘m ajratilgan.

Shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlashga 487 milliard so‘m ajratildi. Mablag‘larning 286 milliardi 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 182 milliard so‘m 20 ming o‘rinli aholini vaqtincha karantinda saqlash majmuasini qurishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, diagnostika laboratoriyasi majmuasini rekonstruksiya qilishga — 10 milliard so‘m, tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun — 9 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar 294 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Ular o‘z ichiga kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash (60 milliard so‘m), band bo‘lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish (100 milliard so‘m), ijtimoiy nafaqalar (70 milliard so‘m), ishsiz, kam ta’minlangan oilalarga shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish (50 milliard so‘m) kabi sohalarni qamrab oladi.

Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” va “Toshshahartransxizmat” xodimlariga to‘lovlari uchun 11 milliard so‘m, “O‘zavtotransservis” va “Toshshahartransxizmat” transport xarajatlarini qoplashga 2 milliard so‘m, Mudofaa vazirligiga gumanitar yordamni olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 1 milliard so‘m ajratilgan.

Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarga 504 milliard so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan. Ular orasida irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga 246 milliard so‘m, Jizzax viloyatida Zafarobod tumanidagi “Inshoot” qurilishi obyektiga 57 milliard so‘m, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini qurishga 39 milliard so‘m, suv xo‘jaligi vazirligiga — Jizzax viloyatidagi irrigatsiya tadbirlari uchun 14 milliard so‘m, Orolni qutqarish jamg‘armasiga 10 milliard, 22 ming o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi suv ta’minoti uchun 16 milliard, 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar suv ta’minoti uchun 8 milliard so‘m ajratilgan.

Bundan tashqari, “Hududiy suv ta’minoti” MChJga 61 milliard so‘m, Davlat ekologiya qo‘mitasiga 53 milliard so‘m ssuda ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют