» » Angliya Premyer Ligasi 17-iyundan davom etadi

Angliya Premyer Ligasi 17-iyundan davom etadi


Angliya Premyer Ligasi klublarining 28-may kungi yig‘ilishida koronavirus sabab to‘xtab qolgan mavsumni qayta boshlash sanasiga aniqlik kiritildi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

17-iyun kuni Premyer Liga 28-turining qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi: “Manchester Siti” — “Arsenal” va “Aston Villa” — “Sheffild Yunayted”. Mazkur uchrashuvlardan so‘ng barcha jamoalar 29 tadan o‘yin o‘tkazgan bo‘ladi.

30-tur bahslari 20-iyunda start oladi. Shuningdek, bitta o‘yin 19-iyun sanasida ham o‘tkazilishi mumkin.

APL klublari orasida uch marta koronavirusga tekshiruv o‘tkazildi. Ularda 12 ta kasallikka chalinish holati qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati koronavirus tufayli mart oyining ikkinchi yarmida to‘xtatib qo‘yilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют