» » O‘zbekistonda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvinspeksiya”) tashkil etildi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Farmonga keltirilgan sharhda aytilishicha, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalar hayotga izchil tatbiq etilishi shahar va tumanlar, jumladan, qishloq joylarda markazlashtirilgan suv ta’minoti holatini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Shu bilan birga, ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish, foydalanilgan suvlarni oqizish (kanalizatsiya) hamda oqova suvni tozalash xizmatlarini tashkil etish sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq hal etilmagan qator muammolar mavjud.

“Davsuvinspeksiya”ning asosiy vazifalari etib:

ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, kanalizatsiya hamda oqova suvlarni tozalash xizmatlari ko‘rsatishni texnik tartibga solishga oid qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish;

suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari tomonidan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik jarayon va energiya tejashni takomillashtirishga qaratilgan texnik auditdan o‘tkazish;

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanish bo‘yicha texnik shartlar talabiga rioya etish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish holati va sharoitlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimida nosozliklar va avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ichimlik suvi isrof bo‘lishining o‘rnatilgan me’yorlardan oshmasligi;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha yerosti suv quduqlaridan foydalanish holati va sharoitlari ustidan davlat nazoratini ta’minlash belgilandi.

“Davsuvinspeksiya” o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha toifadagi suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari, shuningdek, suv chiqarish quduqlarini o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘rganish;

yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlari, shuningdek, turar joylarda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etish bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish;

suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi qonunchilik talablari, shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima solish huquqiga ega.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют