» » Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi

Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi


28-may kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda korxonalarning monopol mavqeyini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, monopol tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

“Dunyo tajribasini o‘rganib, o‘z yo‘limizni topishimiz zarur. Monopoliyadan chiqarish, raqobatni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yakdil yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Prezident xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar mablag‘larini o‘zlashtirish darajasini tanqid qildi

Davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi kompleks tizimini joriy etish, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplayens bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.

“Qachon raqobatga tayyor bo‘lamiz? Soha va tarmoqlarimiz tayyor bo‘lsa. Sohalar qachon tayyor bo‘ladi? Mutaxassislar bo‘lsa. Eng zaif joyimiz — malakali mutaxassislar yetishmaydi, texnologiya yo‘q, standartlar yo‘q. Shuning uchun bu sohani deyarli boshidan boshlashimiz kerak”, – dedi Prezident.

Mavzuga doir: “Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi” — Shavkat Mirziyoyev IT’ni rivojlantirish haqida

Shuningdek, yig‘ilishda raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi ta’kidlandi. Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korxonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib, o‘quv jarayoniga xalqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yo‘nalish bo‘yicha sudyalar malakasini oshirish, sudyalarni ushbu yo‘nalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi qayd etildi, deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют