» » O‘zbekistonda 1-iyundan ichki turizm o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

O‘zbekistonda 1-iyundan ichki turizm o‘z faoliyatini qayta boshlaydi


1-iyundan karantin cheklovlari bo‘yicha “yashil” va “sariq” deb belgilangan hududlarda ichki turizmning amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Bu 28-mayda imzolangan “Koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” bosh vazir o‘rinbosari va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga asoslanib xabar qilgan.

Ushbu sanadan boshlab yuqorida qayd etilgan toifaga kiruvchi hududlarda soha tashkilotlari — turoperatorlar, turistik agentliklar, madaniyat obyektlari, madaniy yodgorliklar va boshqa obyektlar belgilangan sanitar-epidemiologik me’yorlari va talablar asosida ish boshlaydi.

Bundan tashqari, ro‘yxat asosida ruxsat berilgan fuqarolar uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqishni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekistonda turoperatorlarning 63 foizi va mehmonxona va xostellarning 81 foizi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Bu 250 ming nafar fuqaroning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga 6,7 million nafar turist tashrif buyurgan, mamlakatning eksportiga qo‘shilgan ulush miqdori 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Shuningdek, turizmda fuqarolarning bandligini ta’minlash ham yetakchi o‘rinlarni egallagan.

“Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlari koronavirus pandemiyasi inqirozida bosqichm- bosqich chiqmoqda va turizm bozorlarini ochmoqda. Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, boshqa davlatlarda qo‘llanilayotgan xavfsizlik choralari tahlil qilinib, avvalo, sanitar-epidemiologik vaziyat yaxshilangan joylarda yangi kasallanish holatlari qayd etilishiga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistonda ichki turizmni bosqichma-bosqich ochish bo‘yicha birinchi bosqichda va keyingi qadamlarda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib mahalliy hamda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat beriladi”, — degan Abduhakimov.

Mavzuga doir: 

Avval Shavkat Mirziyoyevning 27-may kuni turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishgani, Uzbekistan. Safe travel guaranteed (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ham taqdimot qilingani haqida xabar berilgan.

Prezident respublikaning tog‘li hududlarida va ko‘l bo‘ylarida yengil konstruksiyali dam olish maskanlarini qurishni taklif etgan. Unga ko‘ra hokimlar tomonidan dam olish bazalarining joylashuvi aniqlanib, ular internetga yuklanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют