» » Jizzaxdagi YTHda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushgan. Haydovchi esa oynadan otilib ketgan

Jizzaxdagi YTHda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushgan. Haydovchi esa oynadan otilib ketgan


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 27-may kuni Spark ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Jizzax viloyati IIB YHXB matbuot xizmati YTH haqida reportaj e’lon qildi.

1993-yilda tug‘ilgan H.A. boshqaruvidagi Spark Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 Jizzax—Navbahor avtomobil yo‘lining 13-kilometrida ketayotganida mashinaning oldingi o‘ng shinasidan havo chiqib ketishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ekin dala maydoniga ag‘darilib ketgan.

Reportajda aytilishicha, haydovchining tezligi katta bo‘lgan. Mashina borib tushgan ekin dalasi avtomobil yo‘lidan taxminan 100 metr narida bo‘lib, o‘rtada zovur ham bo‘lgan. Avtomobil ekin maydonigacha havoda uchib borgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ekin dalasiga kelib tushguncha havoda bir marta aylangan. Odamlar yordamga yetib kelgan vaqtida haydovchini mashina ichidan topolmagan. Haydovchi mashina havodaligida oynadan chiqib ketib, zovurning narigi tomoniga tushgan. YTH oqibatida 27 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют