» » Navoiyda bodikamerasiz inspektorni “shantaj” qilgan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

Navoiyda bodikamerasiz inspektorni “shantaj” qilgan haydovchi 7 sutkaga qamaldi


Navoiy viloyati Uchquduq tumani ma’muriy sudida bodikamerasiz YPX xodimi va fuqaro janjali yuzasidan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro A.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima tayinlangan.

Avvalroq bodikamerasiz Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB YHXG MA inspektori A.Umarjonov xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabr kunidagi 975-son qarori talablariga rioya qilmagani uchun hayfsan olgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют