» » JSST vakili koronavirus vaksinasi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar xavfidan ogohlantirdi

JSST vakili koronavirus vaksinasi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar xavfidan ogohlantirdi


Antivaksina tarafdorlari va koronavirusga qarshi bo‘lajak vaksina haqidagi turli soxta ma’lumotlar aholining vaksinaga bo‘lgan munosabatiga ham, sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan munosabatiga ham putur yetkazadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

“Tadqiqot o‘tkazish va aholini nima tashvishga solayotganini tushunish juda muhimdir”,  — degan u  Rossiya Fanlar akademiyasining “COVID-19 vaksinalari: prognozlar va haqiqat” mavzusida o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishida.

Melita Vuynovichning aytishicha, “markazdan keladigan narsalarga” qarshi turish urfda bo‘lgani uchun vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlarning harakati tobora ortib bormoqda.

“Birgina tibbiy tizimining o‘zi bunga qarshi tura olmaydi. JSST rus tilidagi saytini ishga tushirgan edi. Men u yerda vaksina odamni o‘ldirishi va zarar yetkazishi haqida yozilgan gaplarni o‘qib har gal xafa bo‘lib ketaman. Barchamizga ma’lumki, vaksina aslida bolalar hayotini saqlab qolishga, umrimizni uzaytirishga, nogironlikni kamaytirishga yordam beradigan sog‘liqni saqlash bo‘yicha eng asosiy choradir”, — degan u.

Shuningdek, aholini vaksinatsiya masalasida nima ko‘proq xavotirga solayotganini aytishlariga imkoniyat berish uchun turli soha mutaxassislarini jalb etish lozimligini ta’kidlagan.

Avvalroq Melita Vuynovich dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi 47 ta vaksina ishlab chiqilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют