» » Sankt-Peterburgda 1-iyundan ko‘chalarda tibbiy niqob taqib yurish bekor qilinadi

Sankt-Peterburgda 1-iyundan ko‘chalarda tibbiy niqob taqib yurish bekor qilinadi


Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatida 1-iyundan boshlab odamlarning ko‘chada tibbiy niqob va qo‘lqop taqib yurishi majburiy bo‘lmaydi. Bu shahardagi karantin cheklovlarini yumshatishning birinchi bosqichining boshlanishi ekani aytilmoqda.

Niqob va qo‘lqoplarni jamoat transporti, do‘konlar va jamoat joylarida taqib yurish majburiyligi o‘z kuchida qoladi.

Shuningdek, shaharda 1-iyundan boshlab notarial va yuridik idoralar, qabristonlar ochiladi. 65 yosh va undan katta kishilar uchun majburiy tarzdagi “o‘zini yakkalash” tartibi bekor qilinadi.

Sankt-Peterburgda aholiga tibbiy niqob taqib yurishning majburiy tartibi 12-maydan joriy qilingandi.

Shahar Rossiyadagi barcha hududlar bo‘yicha kasallanish holatlari soniga ko‘ra mamlakatda 3-o‘rinni egallab turibdi. Sankt-Peterburgda epidemiya boshlanganidan beri 14 ming 846 ta kasallanish holati qayd etilgan, 4783 nafar odam kasallikdan tuzalgan, 167 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют