» » Rossiyadagi eng qulay avtomobillar reytingi tuzildi

Rossiyadagi eng qulay avtomobillar reytingi tuzildi


“Avtostat” agentligi eng qulay avtomobillar reytingini tuzib chiqdi. Tadqiqotlar davomida ekspertlar rossiyalik avtomobil egalari uchun qaysi markadagi avtomobil saloni qulay ekanligini aniqladi, deb xabar beradi Motor.

So‘rovda 2018—2019-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarga egalik qiluvchi 2500 odam qatnashdi. Baholash besh balli shkalada amalga oshirilgan bo‘lib, bunda bir ball qoniqarsiz, besh ball esa boshqaruv organlari maksimal darajada qulay joylashganini anglatadi.

Rossiyaliklar eng qulay avtomobil deya Mercedes-Benz’ni tanlagan — ular yuzta mavjud 100 balldan 93,6 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rin 92,6 ball bilan BMW’ga nasib etdi. Kuchli uchlikka Audi yakun yasadi — 91,3 ball. Bundan tashqari, qulay mashinalar qatoridan Skoda (89,5 ball) va Volvo (88,7 ball) modellari ham o‘rin olgan.

Ergonomik mashinalarning Top-10 ligiga Ford (88,4 ball), Mazda (86,6 ball), Haval (85,7 ball), Volkswagen (85,6 ball) va KIA (82,4 ball) ham kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Yevropadagi deyarli buzilmaydigan avtomobillar nomi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют