» » Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Sergeli va Zangiota tumanlariga boradi

Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Sergeli va Zangiota tumanlariga boradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 29-may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani va poytaxt viloyatining Zangiota tumaniga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Safar chog‘ida ko‘p qavatli uylar, sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini ko‘zdan kechirish, faollar bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning noyabrida Sergeli tumani 6-A dahasidagi suzish havzasini borib ko‘rgan, 2018-yilning iyulida esa Sergeli metro yo‘nalishi qurilishi bilan tanishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют