» » O‘zbekistonda Milliy frilanserlar markazi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda Milliy frilanserlar markazi tashkil etilishi mumkin


Xalq ta’limi vazirligi “Internet tarmog‘i orqali xizmatlar eksportini amalga oshiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

Loyihada Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining jismoniy shaxslarga veb-frilanserlikni o‘rgatish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rezidentlik maqomini berish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Milliy frilanserlar markazini tashkil etish taklif qilingan.

Unga ko‘ra:

Veb-frilanserlarga:

Veb-frilanserdan uning O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilingan xorijiy valyutadagi tushumning kelib chiqishini aniqlashda qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni, shu jumladan, eksport shartnomani talab qilish taqiqlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaz bilan birgalikda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab veb-frilanserlikka qiziqishi bor o‘quvchilarni saralash va ularni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda internet tarmog‘i orqali masofaviy tarzda daromad topishga o‘rgatishni tashkil etadi.

Belgilanishicha, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi markazning ta’sischisi hisoblanadi, bunda respublika budjetidan Xalq ta’limi vazirligiga 2020-yilda qo‘shimcha 20 milliard so‘m miqdorida markaz faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladigan mablag‘lar “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasiga yo‘naltiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarida frilans yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kompetensiyalarni shakllantirish va ularni kelajakda ushbu sohada ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida davlat grantlari asosida veb-frilanserlarni tayyorlash yuzasidan quyidagi tartib o‘rnatiladi:

Markaz rezidentlari bo‘lgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining maxsus kurslarida o‘qitish tariflari Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Moliya vazirligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji mavjud oilalardan chiqqan o‘quvchilarni veb-frilans yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy tayyorlashga davlat grantlarini taqdim etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga 2021-yilda 100 milliard so‘m, 2022-yildan Xalq ta’limi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan zarur mablag‘larni ajratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют