» » Jahon chempionatida Kyellinini tishlab olgan Suares uch yil o‘tib unga futbolkasini sovg‘a qildi

Jahon chempionatida Kyellinini tishlab olgan Suares uch yil o‘tib unga futbolkasini sovg‘a qildi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Barselona” — “Yuventus” o‘yinidan so‘ng Luis Suares hamda Jorjo Kyellini o‘zaro futbolka almashdi.

Bu ikki futbolchi 2014-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan keyin ko‘p muhokama qilingandi. Urugvay va Italiya terma jamoalarining guruh bosqichidan joy olgan o‘yinida Luis Suares raqibining yelkasidan tishlab olgan bo‘lib, keyinchalik FIFA tomonidan Urugvayning 9 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilingandi.

Oradan uch yil o‘tib ular to‘p suradigan klublar Chempionlar ligasida o‘zaro to‘qnash keldi va natija bobida Kyellini o‘sha og‘riqlar uchun revansh oldi. Dunyoning eng kuchli hujum uchligi deya ta’rif beriladigan “Barselona” yetakchilari 180 daqiqa davomida “Yuventus” darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Shunga qaramay, futbolchilar o‘zaro iliq xayrlashdi va o‘yin yakunida esdalik uchun futbolkalarini barter qildi.

Ma’lumot uchun, Luis Suaresning “Barselona” bilan tuzilgan shartnomasida o‘zga bir futbolchini tishlab olmaslik bo‘yicha alohida band bor.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют