» » Jomboy tumanida joriy yilning dastlabki uch oyida 58 ta jinoyat sodir etilgan

Jomboy tumanida joriy yilning dastlabki uch oyida 58 ta jinoyat sodir etilgan


Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan tumanda olib borilgan o‘rganishlar natijasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan Jomboy tumani ichki ishlar bo‘limining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati o‘rganilganda joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 58 jinoyat sodir etilgani aniqlandi. Bu o‘tgan yilning shu davriga qiyoslaganda 2 taga kam. Lekin firibgarlik, giyohvandlik, odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshgan. Tuman bo‘yicha 18 mahallada jinoyat qayd etilgan. 38 nafar shaxs ma’muriy nazorat ostiga olingan.

O‘rganish davomida ayrim profilaktika inspektorlarining malakasizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mas’ul davlat va nodavlat idoralari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagani kuzatildi.

Sessiyada qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlarining axborotlari eshitildi. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют