» » Qozog‘istonda 1-iyundan shaharlar orasidagi blokpostlar olib tashlanadi

Qozog‘istonda 1-iyundan shaharlar orasidagi blokpostlar olib tashlanadi


Qozog‘istonda 1-iyundan boshlab shaharlar orasidagi blokpostlar olib tashlanadi. Bu haqda Qozog‘iston Transport qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Janibek Tayjanov ma’lum qildi, deb yozmoqda “Tengrinews”.

Ma’lum qilinishicha, idoralararo komissiya qaroriga asosan 1-iyundan boshlab shaharlar orasidagi blokpostlar olib tashlanadi, 5-iyundan boshlab tashuvlarni qayta tiklash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmga ko‘ra, avtobuslar yo‘nalishning oxirgi bekatida dezinfeksiya qilinadi, salonga yo‘lovchilar niqob taqqan holda chiqariladi.

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, hududlar hokimliklari tashish jarayoni ishtirokchilari tomonidan algoritmga amal qilinishini ta’minlash uchun choralar ko‘radi.

Transport sohasidagi bosh sanitar shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonliklar shaxsiy avtomobilda shaharlar o‘rtasida harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Yo‘lovchi tashish jarayoni uch bosqichda yo‘lga qo‘yiladi. 1-iyundan boshlab 54 ta ichki yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlarining 50 foizi qayta tiklanadi. 10-iyundan yana 39 ta yo‘nalish qayta tiklanadi. Davlatlar chegaralari ochilishi bilan yana 15 ta yo‘nalish o‘z ishini boshlaydi.

Avvalroq 1-iyundan O‘zbekistonda ichki turizm o‘z faoliyatini qayta boshlashi, Sankt-Peterburgda esa 1-iyundan ko‘chalarda tibbiy niqob taqib yurish bekor qilinishi haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют