» » Toshkentda sog‘ayganlar soni 1000 nafardan oshdi, ular orasida Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari ham bor

Toshkentda sog‘ayganlar soni 1000 nafardan oshdi, ular orasida Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari ham bor


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar, jami 29 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent viloyatidan 5 nafar, Andijon shahridan 3 nafar, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan 2 nafar, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri va Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan bemor tuzalgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichiga esa 19 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri hamda Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan bemor tuzalgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 997 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1019 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu (Toyloq tumanidan 4 nafar, Samarqand shahridan 2 nafar va Pastdarg‘om tumanidan 1 nafar) viloyatdan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichiga 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 265 nafarga yetdi.

Bundan avval O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2694 nafarga yetgani xabar berilgandi. Endilikda ular soni 2723 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 29-may soat 16:45 holatiga ko‘ra, 3468 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 14 nafari infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Bemorlarning 731 nafari davolanishda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют