» » USAID O‘zbekistonda yangi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda

USAID O‘zbekistonda yangi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda


AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori yordamchisi Gloria Stil iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev ishtirokida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Gloria Stil faqat O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida USAID yo‘nalishi bo‘yicha 120 million dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar amalga oshirilganini ta’kidladi. 2020-yilda COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, jumladan, laboratoriya bazalari salohiyatini kengaytirish va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun USAID O‘zbekistonga 3,8 million dollar ajratdi.

Qayd etilishicha, “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi fermerlarga meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilishning zamonaviy usullarini joriy etishda yordam berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirish maqsadida USAID “O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, suhbat chog‘ida savdoni rivojlantirish, energetika sohasini modernizatsiya qilish, o‘rta va oliy ta’limni mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, USAID koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga fevral, mart va aprel oylarida yordam ko‘rsatdi. Bundan tashqari, AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga berildi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati USAID orqali COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют