» » O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi. “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirildi. “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga, 1-iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

“Qizil” hududlarda:

“Sariq” hududlarda “qizil” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

“Yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yanada yumshatilgan. 26-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar sonining ortishini joylarda nazorat susaygani bilan bog‘langandi. Shuningdek, Prezident hali karantin tugamaganiga alohida urg‘u bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют